Sportchilarimiz Osiyo va jahon rekordini oʻrnatmoqda

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III yozgi Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Ayniqsa, yengil atletika bahslarida qatnashgan atletlarimiz yuqori natijalarga erishdi. Jumladan, yadro uloqtirishda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Husniddin Norbekov 16,35 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini oʻrnatdi va musobaqa gʻolibiga aylandi.

Shuningdek, uzunlikka sakrashda Kamolaxon Abdullayeva, nayza uloqtirishda Aleksandr Svechnikov, yadro uloqtirishda Sofiya Burhonova, nayza uloqtirishda Roziya Ergasheva oltin medallarni qoʻlga kiritdi. 200 metrga yugurishda Sabina Suxanova marra chizigʻini uchinchi boʻlib bosib oʻtdi va bronza medaliga sazovor boʻldi.

Suv sporti turining 100 metr masofaga erkin usulda “S13” yoʻnalishida Islom Aslanov oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Muzaffar Tursunxoʻjayev kumush hamda Dmitriy Xorlin bronza medali bilan taqdirlandi. Shuni qayd etish kerakki, I.Aslanov nafaqat musobaqa gʻolibi, balki, Paraosiyo oʻyinlari rekordini (51:71 soniya) ham oʻrnatdi.

Mazkur masofada ayollar oʻrtasida oʻtgan bahslarda Fotimaxon Amilova 58,66 soniya natija bilan Paraosiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatdi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻydi. Ushbu masofada yana bir vakilimiz Shohsanamxon Toshpoʻlatova kumush medal sohibi boʻldi.

Dzyudo boʻyicha oʻtgan bellashuvlarda Sherzod Namozov va Oʻtkir Nigmatov oʻz vazn toifalarida oltin, Lobar Hurramova kumush, Sevinch Sallayeva esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Pauerliftingda vazni 55 kilogrammgacha boʻlgan ayollar oʻrtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Roza Qoʻziyeva 113 kilogramm natijani qayd etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga qoʻtarildi.

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA

Siz qaysi sport turi bilan shug'ullanasiz? (124)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.12.2018 | 19:19

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169