Sport inshootlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi oʻrganilmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan hududiy boʻlinmalarga sport inshootlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash, mavsumiga tayyorgarlik koʻrish jarayonida tizimdagi biror bir muassasa eʼtibordan chetda qolmasligi, har bir muassasada mavsumni betalofat oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirilish vazifasi berilgan.

Bugungi kunda vazirlik tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni oʻrganish boʻyicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan sport obyektlarini mukammal va joriy taʼmirlash ishlari, har bir muassasa asosiy turdagi yoqilgʻi va energetik resurslari, ayniqsa koʻmir va koʻmir briketi yoqilgʻisi bilan uzluksiz taʼminlanganlik holati oʻrganilmoqda.

 

Xususan, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Oʻrganish davomida hududiy boshqarma va taʼlim muassasalari rahbarlariga sport inshootlarining kuz-qish mavsumida uzluksiz ishlashini taʼminlash, obyektlardan barcha yosh toifasidagi insonlar foydalanishi uchun shart-sharoit yaratish vazifasi berildi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (122)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.10.2018 | 09:55

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169