Sport vaziri aholi bilan birga badantarbiya mashqlarini bajardi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish boʻyicha namunaviy hudud sifatida tanlab olingan boʻlib, turli sport tadbirlari, musobaqalar va targʻibot ishlari samaradorligi tajriba-sinovdan oʻtkazilmoqda.

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda “Yoshlar haftaligi”, “Taʼlim muassasalari haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla haftaligi”, “Nuroniylar haftaligi” kabi shiorlar ostida ommaviy tadbirlar oʻtkazish vazifasi berilgan edi.

Shunday haftaliklardan birinchisi boʻlgan “Yoshlar sport haftaligi” O‘zbekistan yoshlar ittifoqi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi  tomonidan Qoraqalpogʻistonning barcha tumanlarida namuna tarzida tashkil etildi. Haftalik davomida sportning shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, mini-futbol, voleybol, stol tennisi, badminton turlari boʻyicha oʻyinlar tashkil etilib, ularda 200 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda.

Haftalik doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ham ishtirok etib, haftaliklarda ishtirok etuvchilar qamrovini kengaytirish uchun samarali mexanizmlar qoʻllanilishi lozimligi, mazkur hududda toʻplangan tajriba asosida respublikaning barcha hududlarida haftaliklarni tashkil etilishini taʼkidladi.

Aholining barcha qatlamlari oʻrtasida sportni ommalashtirish uchun targʻibot ishlari muhim oʻrin tutadi. Shu sababli mahalliy telekanallar bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagʻishlab alohida koʻrsatuv tayyorlanib, unda vazir D.Nabiyev mahalliy aholini qiziqtirgan savollar javob berdi. Shuningdek, vazirlik tomonidan qoraqalpoq tilida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan 10 ta ijtimoiy rolik tayyorlanib, mahalliy telekanallar orqali efirga uzatilmoqda.

Dilmurod Nabiyev respublikada aholi uchun mavjud sport inshootlaridan istalgan payti foydalanish imkoniyatining yaratilish holatini ham oʻrgandi. Jumladan, Nukus shahridagi sport inshootlarida barcha yoshdagi insonlar uchun tashkil etilgan badantarbiya mashqlarini kuzatdi va oʻzi ham ular bilan birgalikda bajardi. Vazir mahallalardagi sport bilan oshno boʻlgan yoshi ulugʻ insonlar bilan ham suhbatlashib, ularning aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga qiziqtirish boʻyicha fikrlari bilan qiziqdi.

Prezidentimiz tomonidan respublikamizning eng chekka hududlarida ham sport bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoit yaratish, uni ommalashtirish vazifasi qoʻyilgan boʻlib, tashrif davomida vazir D.Nabiyev Qoraqalpogʻistonning eng olis hududi boʻlgan Qoʻngʻirotdagi “Qoraqalpogʻiston” shaharchasi (Karakalpakiya)ga borib mavjud sport inshootlarining holati bilan tanishdi.

Yakunda mahalliy hokimliklar mutasaddilari, hududiy boshqarma va sport taʼlimi muassasalari rahbarlar bilan jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish, ommaviy tadbirlar koʻlamini kengaytirish va eng chekka hududlarda ham inshootlar qurish ham mavjudlarini taʼmirlash boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Qanday sport turlarini bilasiz (167)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.12.2018 | 19:19

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169