Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yangi rektor tayinlandi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori lavozimiga Boltabayev Maxmudjon Rustamovich tayinlandi.

Boltabayev Maxmudjon Rustamovich 1969-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan maʼlumoti oliy, 1993-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori professor

Bunga qadar Maxmudjon Boltabayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori kabi masʼul lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga “universitet” maqomi berildi. Shu asosda universitetning oʻquv binolari qayta rekonstruksiya qilinib, moddiy-texnik bazasi yangilandi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.10.2019 | 15:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169