“ISHONCH TЕLЕFONI” telefon raqami xizmati RЕGLAMЕNTI

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan 2018 yil 10 sentyabrda tasdiqlangan

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat boʻyicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligining yagona “ISHONCH TЕLЕFONI” telefon raqami xizmati

RЕGLAMЕNTI

1. XIZMAT KRSATISH MAZMUNI

1.1. Xizmat krsatish nomi

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat boʻyicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligining yagona “ISHONCH TЕLЕFONI” telefon raqami (bundan keyingi oʻrinlarda —“ISHONCH TЕLЕFONI”).

1.2Xizmat kursatish natijasi

“ISHONCH TЕLЕFONI” vazirlik rahbariyati, jumladan vazir va uning oʻrinbosarlarining ish vaqti, shaxsiy qabul kunlari, boshqarma va boʻlim boshliqlari, mutaxassislar va soxa faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha masʼul raxbarlar, muassasalar bilan bogʻlanish toʻgʻrisida maʼlumot beradi.

1.3. Xizmat kursatuvchi organ

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining (0 371) 239-24-22 shahar telefon raqami orqali amalga oshiriladi.

1.4. Huquqiy asoslari

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” gi Qonuni, (09.12.2014 y. Uz-378-son)

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida 2017 yil 11 sentyabrdagi UZR-445-son Qonuni.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgust “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 181-son

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 14 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 296-son buyruk.

1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning tizimidagi hududiy boshqarmalar va muassasalarning jismoniy va yuridik shaxslar, xorijlik yuridik va jismoniy shaxslar shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.

1.6. Soʻrovnoma berish muddati

“ISHONCH TЕLЕFONI” orqali murojaat qilish haftaning ish kunlarida, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Tushlik: 13-00 dan 14-00 gacha

1.7. Ijro muddati

“ISHONCH TЕLЕFONI” orqali soxaga taalluqli raxbarlar, masʼul xodimlar va korxonalar toʻgʻrisida maʼlumotlar oʻsha zaxoti javob olinadi.

1.8. Tasdiqnoma yuborish muddati

“ISHONCH TЕLЕFONI” orqali qabul qilingan murojaatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma yuborish koʻzda tutilmagan.

2. XIZMATDAN FOYDALANUVCHILARNI XABARDOR QILISH

2.1. Maʼlumot hajmi va tarkibi

“ISHONCH TЕLЕFONI” orqali maʼlumot olish toʻgʻrisidagi maʼlumot Jismoniy tarbiya va sport vazirligining www.minsport.uz saytida joylashtiriladi.

2.2. Tasdiklangan blanka (forma)lardan foydalanish

“ISHONCH TЕLЕFONI” orqali xizmatidan foydalanishda tasdiqlangan blanka (forma)lar ishlatilmaydi.

3. XIZMAT KOʻRSATISH

3.1. Ish vakti

Vazirlikning “ISHONCH TЕLЕFONI” soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat koʻrsatadi.

Tushlik: 13-00 dan 14-00 gacha

3.2. Kutish shartlari

“ISHONCH TЕLЕFONI” orqali qabul qilinadigan murojaatlarga oʻsha zahoti javob qaytariladi va kutish koʻzda tutilmagan.

4. XIZMAT KOʻRSATISH TARTIB – TAOMILI

4.1. Talab qilinadigan hujjatlar

“ISHONCH TЕLЕFONI” orqali qabul qilinadigan murojaatlar chohida jismoniy yoki yuridik shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, murojaatning moxiyati murojaatni qabul qilayotgan masʼul xodimning soʻroviga koʻra, bayon etilishi kerak.

4.2. Xizmat kursatish qiymati

Xizmat bepul koʻrsatiladi.

4.3. Xizmat koʻrsatishning bosqichlari

“ISHONCH TЕLЕFONI” orqali quyidagi mavzularda maʼlumotni taqdim etadi:

  • Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyati, boshqarma va boʻlimlar boʻyicha;
  • Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi korxona-tashkilotlar boʻyicha.

4.4. Xizmat krsatishning ichki-idoraviy harakatlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “ISHONCH TЕLЕFONI” tizimi vazirlikning (0 371) 239-24-21 raqamida oʻrnatilgan boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qoʻngʻiroq qilib, jismoniy tarbiya va sport sohasi faoliyatiga dahldor maʼlumotlar taqdim etiladi.

4.5. Rad qilish asoslari

Xizmatda rad qilish holatlari koʻzda tutilmagan.

5. SIFATNI TAʼMINLASH

5.1. Xizmatning sifatsizligi boʻyicha shikoyat qilish

“ISHONCH TЕLЕFONI” xizmatidan foydalanuvchi koʻrsatilgan sifatsiz xizmat, xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya qilmaslik holatlari boʻyicha, mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.01.2020 | 21:33
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169