Vazirlik markaziy appratidagi bo‘sh o‘rinlari

Milliy terma jamoalarni saralash (seleksiya), shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi boshligʻi lavozim yoʻriqnomasi:

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Milliy terma jamoalarni saralash (seleksiya), shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi (bundan buyon matnda boshqarma deb yuritiladi) boshligʻining lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.

2. Boshqarma boshligʻi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining (bundan buyon matnda vazir deb yuritiladi) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Boshqarma boshligʻi vazir va vazirning birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi hamda oʻz faoliyatini vazir tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.

3. Boshqarma boshligʻi lavozimiga oliy maʼlumotli, mazkur sohaga aloqador yoʻnalishda kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tushungan, yetarli bilimga ega axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali mutaxassis tayinlanadi.

4. Boshqarma boshligʻi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼat qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga hamda vazir koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi), boshqarma Nizomiga hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.

 

II. Boshqarma boshligʻining lavozim majburiyatlari

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari hamda Respublika oliy sport mahorat maktablari, federatsiya va assotsiatsiyalardan tegishli maʼlumotlarni olish, tahlil qilish va ularga koʻrsatmalar beradi.

6. Boshqarma vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi, shuningdek vakolat doirasida vazirlik qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi.

7. Boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

8. Boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni belgilangan vaqtda ijrosini taʼminlaydi, hukumat topshiriqlarini bajarilishida zaruriyatga koʻra tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

9. Vazirlik rahbariyati topshiriqlari va koʻrsatmalarining xodimlar tomonidan bajarilishini tekshiradi, hujjatlarning oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi.

10. Boshqarma faoliyatiga oid tahliliy va statistik maʼlumotlarni tayyorlaydi.

11. Boshqarma faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlaydi, boshqarma faoliyatiga oid muhim masalalar haqida rahbariyatga muntazam ravishda axborot berib boradi.

12. Boshqarma xodimlarining vazifalarini taqsimlaydi, vazirlik rahbariyati topshirigʻiga koʻra davlat va nodavlat tashkilotlarida vazirlik nomidan ish yuradi.

13. Boshqarma xodimlari tomonidan vazirlik Hayʼati yigʻilishi qarorlarining bajarilishini, ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi.

14. Fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlarni oʻrganadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

15. Vazirlikning yillik ish rejasiga tegishli takliflar beradi 
va u asosida boshqarmaning yillik ish rejasini ishlab chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro musobaqalarning oʻtkazilishini muvofiqlashtirib boradi.

16. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasida vazirlik rahbariyatiga tegishli takliflar beradi.

17. Boshqarma xodimlariga yuklatilgan vazifalarni muvofiqlashtirib boradi, belgilangan tartibda ish jarayonida alohida oʻrin tutgan xodimlarni taqdirlash, shuningdek mehnat intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini belgilash masalalari boʻyicha vazir va vazirning birnchi oʻrinbosariga takliflar kiritadi.

18. Boshqarma xodimlarining ichki mehnat tartibi, odob-axloq, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etishlarini nazorat qiladi.

19. Boshqarma xodimlariga yuklatilgan vazifalarni muvofiqlashtirib boradi.

20. Rahbariyat topshirigʻiga asosan xizmat safarlariga boradi.

21. Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga amal qiladi.

22. Ichki mehnat tartibi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi.

23. Mazkur lavozim yoʻriqnomasida bayon qilingan va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajaradi.

24. Oʻz bilimlarini doimo takomillashtirib, sohaga oid qabul-qilinayotgan yangi meʼyoriy-huquqiy xujjatlar talablarini oʻrganib boradi.

25. Vazirlikning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan axborotlarni va kadrlar yuzasidan olib borilayotgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.

26. Vazirlikning apparat majlislari va Hayʼat yigʻilishlarida ishtirok etadi.

27. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

III. Boshqarma boshligʻining huquqlari

28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, oliy sport mahorat maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya zaxirasi kollejlari, federatsiya va assotsiatsiyalardan tegishli tartibda maʼlumotlarni oladi hamda tahlil qiladi, yoʻnalishi boʻyicha tegishli maʼlumotlar tayyorlaydi.

29. Milliy terma jamoada shugʻullanayotgan sportchilarning natijalarini tahlil etib boradi, natijalari pasaygan sportchilarni milliy terma jamoa safidan chiqarish va oʻrnini yangi sportchilar bilan toʻldirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.

30. Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va taʼlim muassasalarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, shuningdek boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi.

31. Oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazilishini tashkil etadi, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.

32. Boshqarma xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi.

33. Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

IV. Boshqarma boshligʻining javobgarligi

34. Boshqarma boshligʻi oʻziga lavozim majburiyatlari hamda ushbu yoʻriqnomaga muvofiq boshqarmaga yuklatilgan vazifalar toʻlaqonli bajarilishi uchun javob beradi.

35. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishiga masʼuldir.

36. Oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.

37. Boshqarmada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob beradi.

38. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar qoʻllanilishiga sabab boʻladi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2019 | 14:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169