Oʻzbekiston Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida jami 33 ta medalni qoʻlga kiritdi

Qirgʻiziston Respublikasining Choʻlpon-Ota shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarining beshinchi kunida sportchilarimiz kurash va sambo boʻyicha ham bahslarga kirishgani, kurashchilarimiz Muxriddin Tilovov (-66kg) va Temurxon Toʻrayev (-81 kg) oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritishgani hamda koʻpkarichilarimiz final chiqishgani haqida xabar bergan edik.

Oʻyinlarning koʻpkari boʻyicha final bahslarida Qirgʻiziston jamoasi bilan kuch sinashgan jamoamiz mezbonlarga 32:9 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Koʻpkari bellashuvlarida 11 ta davlatdan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etib, Oʻzbekiston jamoasi Boshqirdiston, Fransiya va Qozogʻiston jamoalarini magʻlubiyatga uchrata oldi.

Sambo boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda ham vakillarimiz salmoqli natijalarni qoʻlga kiritishdi. Yuridoshlarimiz Davlat Samrayev (-62 kg), Bekzod Karimov mutlaq vazn toifasida oltin medal bilan taqdirlangan boʻlsa, Omon Gʻaniyev (-52kg), Sherbek Roʻziyev (-68kg) kumush medalga sazovor boʻldi.

Shunday qilib, mazkur oʻyinlardan ilk bora rasman ishtirok etayotgan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi yakuniy natijalarga koʻra jami 33 ta medalni (7 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza) qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egalladi .

Oʻzbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi boʻyicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etib, kurash, sambo, gyulesh (Azarbayjon kurashi), ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi), alish kurashi (Qirgʻiziston kurashi), qirgʻiz kurashi, armrestling, mas-restling, lochin ovi, uloq koʻpkari turlari boʻyicha medallarni qoʻlga kiritdi.

 

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati


 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2019 | 14:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169