“Oʻzbek sport sanoati – 2018” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi Taekvondo WTF assotsiatsiyasining sport zalida “Oʻzbek sport sanoati – 2018” koʻrgazmasi tashkil qilindi. Koʻrgazma sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda shaffof tizimni yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab quvvatlash, ular orasida eng ilgʻor sifat koʻrsatkichi yuqorilarini oʻrganish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, unda 15 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona oʻzlarining 90 dan ortiq turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.

Koʻrgazma ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev soʻzga chiqib, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilot rahbarlariga sport jihozlarini ishlab chiqarishda, uning sifatiga alohida eʼtibor qaratish lozimligini, sport muassasalari sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda avvalo shu jihatga eʼtibor qaratilishi taʼkidlab oʻtdi.

Foto: www.kun.uz

Joriy yilda Respublikamizdagi sport inshootlari uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 90 turdagi 30 mlrd. soʻmlik sport jihozlari va inventarlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Ularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olinib, gʻoliblarni aniqlashda shaffof va adolatli tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, sport sohasi vakillari va barcha qiziqish bildirganlar mazkur koʻrgazmada ishtirok etishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.06.2019 | 23:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169