Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida yana beshta medal qoʻlga kiritildi

Qirgʻiziston Respublikasining Choʻlpon-Ota shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarining toʻrtinchi kunida sportchilarimiz gyulesh (Azarbayjon kurashi),ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi) turlari boʻyicha bahslarga kirishgani va koʻpkarichilarimiz yarim finalga chiqishgani haqida xabar bergan edik.

Dunyoning 41 davlatidan 54 nafar sportchi ishtirok etgan ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi) boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda vakillarimiz Alisher Xudoyberdiyev (-80 kg) oltin, Islom Nosirov mutlaq vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Gyulesh (Azarbayjon kurashi) boʻyicha oʻtkazilgan oʻyinlarda yurtdoshimiz Sherali Shodmonov (-80 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shuningdek, kecha, 6-sentyabr kuni oʻtkazilgan koʻpkari boʻyicha yarim final bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi Qozogʻiston jamoasi ustidan 5:4 hisobida gʻalaba qozonib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Final bahslari bugun, Toshkent vaqti bilan 17:00da Choʻlpon-Ota shahridagi “Ippodrom” arenasida oʻtkazilib, unda vakillarimiz mezbon Qirgʻiziston jamoasi bilan bellashadilar.

Bugun, 7-sentyabr kuni sportchilarimiz kurash va sambo turlari boʻyicha ham bahslarga kirishishdi va dastlabki natijalar qayd etildi. Kurash boʻyicha jamoamiz aʼzolari Muxriddin Tilovov (-66kg) va Temurxon Toʻrayev (-81 kg) oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritishdi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2-sentyabrdan 8-sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan sportchilar 50 ta sport turi boʻyicha 500 dan ortiq medallar jamlanmasi uchun bahs olib bormoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi boʻyicha 58 nafar sportchi bilan ilk bor rasman ishtirok etmoqda.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (140)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.11.2018 | 18:50

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169