Oʻzbekiston koʻpkari boʻyicha milliy terma jamoasi Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida yarim finalga chiqdi

Foto: 24.kg

Avvalgi xabarimizda, Qirgʻiziston Respublikasining Cholpon-Ata shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlari Oʻzbekistonlik sportchilar erishgan natijalar haqida maʼlum qilgan edik.

Kecha, 5-sentyabr kuni oʻtkazilgan oʻyinlarning uchinchi kunida qirgʻiz kurashi boʻyicha bahslarda yurtdoshlarimiz Mirkomil Axadqulov (-60 kg) va Aʼzamjon Anvarjonov (-96 kg) bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Foto: 24.kg

Foto: 24.kg

Oʻyinlar davomida barcha katta qiziqish bilan kuzatib borayotgan uloq koʻpkari bahslarida ham Oʻzbekiston koʻpkari boʻyicha milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston koʻpkari boʻyicha milliy terma jamoasi 2018-yil 3-sentyabr kuni oʻtkazilgan Boshqirdiston Respublikasi bilan oʻyinda 20:2 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, 5-sentyabr Fransiya davlati jamoasini 19:6 hisobi mablugʻ etib yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Foto: 24.kg

“B” guruhida yarim final bahslari bugun, 6-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da Choʻlpon-Ota shahridagi “Ippodrom” arenasida oʻtkazilib, unda milliy terma jamoamiz Qozogʻiston Respublikasi terma jamoalari bilan bahsga kirishadilar. Gʻalaba qozongan jamoa “A” guruhidagi Qirgʻiziston va Rossiya termalari oʻrtasidagi oʻyinlarda gʻolib chiqqan jamoa bilan finalda uchrashadi.

Bugun, 6-sentyabr sanasida Oʻzbekiston vakillari gyulesh (Azarbayjon kurashi), ashirtmali aba gyuleshi(Turkiya kurashi), uloq koʻpkari turlari boʻyicha bahslarga kirishadi.

Eslatib oʻtamiz, 2-sentyabrdan 8-sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan 1556 nafar sportchi medallar uchun bahs olib bormoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi boʻyicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (108)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.10.2018 | 09:55

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169