Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarining ikkinchi kunida sakkizta medal qoʻlga kiritildi

 

Qirgʻiziston Respublikasining Cholpon-Ata shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarining ikkinchi kunida sportchilarimiz qozoq kurashi, pahlavani (Eron kurashi), goresh (Turkmaniston kurashi) va lochin ovi va tayganlar yugurishi, mas-restling boʻyicha bahslarga kirishgani haqida maʼlum qilgan edik.

 

 

Oʻyinlarda qozoq kurashi boʻyicha 20 ta davlatdan 56 nafar sportchi ishtirok etib, murosasiz kechgan bahslarda yurtdoshlarimiz Sarvar Ikromov (-90 kg) kumush medalni qoʻlga kiritdi. Goresh (Turkmaniston kurashi) boʻyicha boʻlgan bahslarda esa Sherzod Rahimov mutlaq vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Foto: sputniknews-uz.com

Lochin ovi va tayganlar yugurishi boʻyicha bahslarda dunyoning 10 ta davlatidan 25 nafar sportchi ishtirok etib, lochinda ov yoʻnalishida yurtdoshimiz Denis Soy bronza medalini qoʻlga kiritdi.

27 ta davlatdan 127 nafar nafar sportchi ishtirok etgan mas-restling boʻyichabahslarda vakillarimiz salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritishdi. Ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan bahslarda Regina Mulyasheva (-55 kg) kumush, Madina Eliyeva (-125 kg) bronza medalini qoʻlga kiritishgan boʻlsa, erkak sporchilarimiz Islom Abdumalikov (-60 kg), Ilyos Kadirov (-90 kg), Nasim Radjabov (-125 kg) bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Shunday qilib, kecha, 4 sentyabr kuni oʻtkazilgan bahslarda 20 nafar sportchimiz ishtirok etdi va jami 8 ta medal (2 ta kumush, 6 ta bronza) qoʻlga kiritildi.

Bugun, 5 sentyabr sanasida Oʻzbekiston vakillari mangol box (Moʻgʻuliston kurashi) va qirgʻiz kurashi turlari boʻyicha bahslarga kirishadi.

Eslatib oʻtamiz, 2-sentyabrdan 8-sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan 1556 nafar sportchi medallar uchun bahs olib bormoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi boʻyicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (116)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.09.2018 | 17:43

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169