Avvalgi xabarimizda, Qirgʻiziston Respublikasining Cholpon-Ata shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz alish kurashi (Qirgʻiziston kurashi), armrestling sport turlari boʻyicha bahslarga kirishgani va armrestlingda 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritishgani haqida maʼlum qilgan edik.
Oʻyinlarning alish kurashi (Qirgʻiziston kurashi) turi boʻyicha bahslarda 30 ta davlatidan tashrif buyurgan 140 nafar sportchi ishtirok etdi. Ushbu sport turi boʻyicha ham vakillarimiz salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritishdi. Erkaklar oʻrtasida Mardonbek Kimsanov (-60 kg),Xusniddin Roʻziyev (-70 kg) oltin, Kamollidin Maxkamov (-80 kg), Zaylobiddin Artikov (-90 kg) va Obidali Mavlonov (100 kg) musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritishgan boʻlsa, ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan bahslarda Maftuna Maxmudova (-60 kg), Dilafruz Mamajonova (-70 kg), Bekzoda Xudaberdiyeva (-75 kg) bronza medalga sazovor boʻlishdi.
Oʻyinlarning birinchi kunida armrestling va alish kurashi (Qirgʻiziston kurashi) boʻyicha bahslarda jami 18 nafar sportchimiz ishtirok etib, 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza) qoʻlga kiritildi.
Bugun vakillarimiz qozoq kurashi, pahlavani (Eron kurashi), goresh (Turkmaniston kurashi), lochin ovi va tayganlar yugurishi turlari boʻyicha bahslarga kirishadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
17.01.2021 | 20:32