2019-yil 12-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida “Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.
22-dekabr kuni yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar hamda tuman Kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda vazirlik tizimidagi bir qator tashkilotlarning xodimlari ham saylovda oʻz nomzodlarini ilgari surishmoqda.
Kuni kecha Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov boshchiligida nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga muvofiq, yil davomida para-pauerlifting, eshkak eshish, dzyudo, boks hamda sport kurashlari boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bir guruh sportchilar hamda ularning murabbiylari pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Ertaga, yaʼni 1-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida matbuot anjumani oʻtkaziladi.
Olimpiya sport turlari boʻyicha Respublika va xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor (1-2-3-oʻrin) boʻlgan sportchi-oʻquvchilar uchun oliy taʼlim muassasalariga (Sogʻliqni saqlash sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari bundan mustasno) qoʻshimcha davlat granti asosida imtiyozli ravishda imtihon sinovlarisiz qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyat hokimliklari sport turlariga ixtisoslashtirish boʻyicha hududiy “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan hisobot taqdim etishni boshladi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
16.12.2019 | 18:31