29-30 noyabr kunlari O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari (2002-2003-2004-2005 yil) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Joriy yilning 29-30-noyabr kunlari 2002, 2003, 2004, 2005-yillarda tugʻilgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining 14-turi oʻz yakuniga yetdi. Mazkur tur natijalariga koʻra, Qarshining “Sevinch” klubi mamlakat chempionligini rasmiylashtirdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan ushbu yosh toifasidagi Osiyo chempionati saralashini muvaffaqiyatli yakunladi. Vakillarimiz guruhda 2-o‘rinni egallashdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻrtoqlik uchrashuvida Qirgʻiziston terma jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari va jurnalistlar o'rtasida matbuot anjumani o'tkazildi. Unda mutaxassislar jurnalistlarning savollariga batafsil javob qaytarishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya o‘tkazilgan amputantlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda g‘alaba qozondi. Vakillarimiz "Laman-AZ", "Dinamo-Oltoy", "Maxachqal’a", "Kuzbass", "APSNI" kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarda jami 42 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Bosh vazir kubogi” musobaqasining futbol bahslarining 1/16 final bosqichi yakuniga yetdi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Barcha futbol ixlosmandlari kutishganidek, Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda Qirgʻiziston bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishi rasman tasdiqlandi.
Kecha Namanganda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar terma jamoalari oʼrtasida oʼtkazilayotgan futbol boʼyicha Oʼzbekiston kubogi musobaqasi start oldi.
Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Vadim Аbramov boshchiligidagi Oʼzbekiston terma jamoasi Singapurni magʼlub etdi. Qayd etish joizki, bu terma jamoamizning saralashdagi ikkinchi gʼalabasi boʼldi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalarining 2004-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati gʻolib va sovrindorlari aniqlandi.
Futbol boʻyicha oʻtkaziladigan “Bosh vazir kubogi” musobaqasi vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlarining jismoniy rivojlanishini takomillashtirish hamda ularning jismoniy tarbiya va ommaviy sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan.
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalarining 2005-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Kecha xabar berganimizdek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionatining final bosqichi davom etmoqda.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionatining final bosqichiga start berildi.
Tokio-2020 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatiga qurʼa tashlandi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadagi mavjud shartnomani oʻzaro kelishuvga asosan bekor qildi. Milliy terma jamoamizda esa bundan buyon Vadim Abramov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Oʻzbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik – mamlakatimiz kelasi yili boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi qitʼa chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Toshkentda tashkil etilgan qisqa muddatli yig‘inni yakunlab, bugun Falastinga uchib ketdi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
16.12.2019 | 18:31