Gandbolchilarimiz Navoiy shahrida 2021-yilgi sport mavsumi oldidan oʻquv-mashgʻulotlar yigʻiniga kirishdi. FOTOGALEREYA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabr “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyatida sport tadbiri oʻtkazildi.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Millatlar doʻstligi” madaniyat saroyi ochiq maydonida “Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha...” shiori ostida oʻtkazilgan “Vatanparvarlik oyligi”ning yakuniy dasturi boʻlib oʻtdi.
Mazkur sport tadbirida bolalarga yurtimizning iqtidorli stol tennischilari tomonidan mahorat saboqlari o‘tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ommaviy sport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
Nukusda kurash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori kubogi uchun musobaqa boʻlib oʻtdi.
Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning chekka hududlaridan biri boʻlmish Sardoba tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligini keng nishonlash hamda viloyat hokimligining 2021-yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida Sardoba tumani hokimligi bilan hamkorlikda yugurish marafoni va ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Kecha Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi boʻyicha mavsumning ilk rasmiy musobaqasi - Gran Prix Zagreb Open 2021 turniri boshlandi.
“Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Barcha hududlarda boʻlgani kabi Surxondaryo viloyatida ham jismoniy tarbiya va sportga keng imkoniyatlar yaratilib, aholi ayniqsa yoshlarni sportga jalb qilish yoʻlida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 10-yanvardan boshlab respublikamizning barcha hududlari boʻylab start berilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida tumanning 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholisi “Sogʻlom hayot sari 10 000 qadam” shiori ostidagi ommaviy yurish marafonida birlashdi.
Chirchiq shahri aholisi oʻrtasida “Sogʻlom hayot uchun 5 000 qadam” loyihasi allaqachon ommalashib ulgurgan. Boisi, haftaning har shanba kuni erta tongda Chirchiq shahar Kimyogarlar madaniyat saroyi oldida minglab odamlar ertalabki badantarbiya mashqlari va 5 ming qadam yurish uchun toʻplanishadi.
16-yanvar - Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasida “Ochiq eshiklar kuni“ munosabati bilan Faxriylar oʻrtasida musobaqa tashkil etiladi. Shu munosabat bilan bugun soat 17:00da Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston futbolini rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi PF–5887- sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining bir guruh mutasaddilari Jizzax viloyat futbol mahorat maktabiga tashrif buyurdi.
Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Irmatov, MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, MOQ va qishki sport turlari assotsiatsiyasi mutasaddilari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan «Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi festival doirasida 14- 15-yanvar kuni Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Qoʻshrabot, Urgut tumanlari boʻylab shaxmat-shashka musobaqalari boʻlib oʻtdi. Musobaqada umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari hamda aholi vakillari, shuningdek mahalla faollari qamrab olindi. Ushbu ommaviy sport tadbirlari viloyatdagi barcha tuman(shahar)larda aholi oʻrtasida uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.
Namanganda viloyat aholisining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish koʻrsatkichini 2021-yilda 25 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Hozirda bu koʻrsatkich qariyb 20 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Anvarjon Toʻychiyev jurnalist va blogerlar uchun oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “kichik olimpiada” maqomini olgan «Universiada-2021” sport musobaqalarining dzyudo turi boʻyicha Respublika final bosqichi Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sport majmuasida boʻlib oʻtdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
17.01.2021 | 20:32