Bugun 6-fevral kuni velosiped sporti boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 6-fevraldan - 12-martga qadar veloshosse sport turi boʻyicha boʻlib oʻtadigan oʻquv-mashgʻulot yigʻini va xalqaro turnirlarda ishtirok etish uchun Turkiyaning Alaniya shahriga joʻnab ketishdi.
Bugun 21-yanvar kuni Osiyo chempionatini yuqori saviyada oʻtkazish, tashkiliy-amaliy ishlarni olib borish boʻyicha direktor Xofer Roland hamda texnik ishlar boʻyicha direktor yordamchisi Neumann Andrelar Oʻzbekistonga tashrif buyurib, 2019-yil 22-28-aprel kunlari yurtimizda boʻlib oʻtadigan velosiped sportining shosse yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdilar.
Yakuniy natijalarga Olga Zabelinskaya 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari sohibasiga aylangan boʻlsa, Yanina Kuskova 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor boʻldi. Murod Xolmurodov esa 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Juftlik poygasida O.Zabelinskaya va Ye.Knebelova kumush medaliga sazovor boʻlishdi.
Kecha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan guruh poygalarida 8 ochko jamgʻargan Yanina Kuskova kumush medalga sazovor boʻldi.
Joriy yilning 29-oktyabridan 2-noyabrigacha Toshkent viloyatida velosport shosse sport turi boʻyicha 2002-2003-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
15.02.2019 | 22:32