Sport yangiliklari
Tug‘ilgan kun muborak!

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Ortiq Polvonovni bugungi qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etgan holda u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilaydi. 

OʻzDJTSUga yangi oʻquv yilida qaysi mashhur xorijlik sportchilar talabalikka qabul qilindi?

Universitetning xalqaro hamkorlik boʻlimi tashabbusi bilan yangi oʻquv yilida xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha samarali ishlar olib borildi.

“Sport haftaligi” doirasida “Doʻstlik” sport festivali tashkil etildi

Xorazm viloyatida tashkil qilinayotgan “Sport haftaligi” doirasida kecha Urganch davlat universitetida “Doʻstlik” sport festivali oʻtkazildi. Mazkur festivalda azaldan qardosh xalqlar hisoblangan oʻzbek va turkman yoshlari bir safda turib, ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etishdi.

Ogʻir atletika: Oʻzbekiston chempionatining dastlabki kungi gʻoliblari maʼlum

Shu kunlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtmoqda. Unda respublikamizning deyarli barcha hududlaridan eng sara atletlar gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.

Kamondan otish: oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati gʻoliblari aniqlandi

Poytaxtimiz Toshkentda kamondan otish sporti boʻyicha oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetdi

2002-2003-yillarda tugʻilgan qizlar voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida bahslashmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 3-oktyabrdagi 1128-sonli buyrugʻiga muvofiq joriy yil 5-10-oktyabr kunlari 2002-2003-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi.

Velotrek: Oʻzbekiston chempionatining ilk gʻoliblari aniqlandi

Xabar berganimizdek, Toshkentda velotrek boʻyicha 2004-2005 va 2006-2007-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar (qizlar) oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Futbol: milliy terma jamoa Eron va BAAga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga qizgʻin hozirlik koʻrmoqda

Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Eron va Birlashgan arab amirliklari terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Vakillarimiz boʻlajak oʻyinlarga “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida hozirlik koʻrmoqda.

Afsonaviy oʻzbek bokschisi Rufat Risqiyev 71 yoshga toʻldi

Bugun oʻzbek boksining tirik afsonasi, oʻzbekistonlik birinchi jahon chempioni, 1976-yilgi Monreal yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi Rufat Risqiyev 71 yoshga toʻldi

Toshkent viloyati hokimi uch nafar olimpiyachimizni “Gentra” avtomobili bilan taqdirladi

Bugun Toshkent viloyati hokimligida kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan sportchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

“Bosh vazir kubogi-2020”: ishtirokchilar raqiblarini bilib olishdi

Bugun “Milliy” stadionda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasiga qurʼa tashlandi. Unda aksariyat ishtirokchi jamoalar hamda musobaqa tashkilotchilari ishtirok etdi

“Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun “Milliy” stadionda  “Bosh vazir kubogi-2020” musobaqasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda musobaqa tashkilotchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi

Jizzaxda voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida XXVII O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Jizzax shahrida voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida XXVII O‘zbekiston chempionatining 2-tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Bahslarga Jizzax shahridagi “Istiqlol” universal sport majmuasi mezbonlik qilayapti

Bektemirda “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish hamda ertalabki badantarbiya mashqlari tashkil etildi

Aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va salomatligini mustahkamlashda sport mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyos. Shu sababli karantin talablari yumshatilishi bilan jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda

“SPARK” minishni istaysanmi, shaxmat o‘yna!

“Uyda qol va g‘alaba qozon!” shiori ostida o‘tayotgan musobaqaning shu kungacha uchta saralash bosqichi yakuniga yetib, natijalarga ko‘ra 300 nafar havaskor shaxmatchi joriy yil 20 dekabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan GRAND FINAL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Asaka bank” xodimlari “Rahbar kubogi” uchun bellashdi

2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari hamda yirik korxona-tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, jumladan “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” kabi musobaqalarni o‘tkazish vazifasi yuklatilgan edi

Faxriy sportchi yoshlarga master-klass o‘tdi

Surxondaryo – polvonlar yurti. Bejiz bu zamindan ko‘plab kuragi yerga tegmagan pahlavonlar yetishib chiqmagan. Shunday zabardast polvonlardan biri xalqaro toifadagi sport ustasi Rustam Ergashevdir.

Qoraqalpogʻistonlik qilichbozlar onlayn musobaqada munosib ishtirok etishdi

Bugun onlayn tarzda qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston Qilichbozlik federatsiyasi kubogi gʻoliblari aniqlandi.

Xiva sportining buguniga nazar

Pahlavon Mahmuddek kuragi yerga tegmagan polvon tugʻilib oʻsgan yurt Xivada sportga eʼtibor hamisha yuqori boʻlgan.

Para taekvondo boʻyicha onlayn mamlakat chempionati boʻlib oʻtadi

Mamlakatimizda karantin choralari yumshatilishi munosabati bilan barcha sport musobaqalariga (onlayn tarzda) bosqichma-bosqich ruxsat berilmoqda.

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.12.2020 | 22:29
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169